15-mart kuni “An-12” yuk samolyoti Rossiyaning Yakutsk shahridan 12 kilometr uzoqlikdagi Magana qishlog‘i aeroportiga majburiy qo‘nishni amalga oshirdi. Havoga ko‘tarilish vaqtida samolyotning lyuki nosozlik sababli ochilib ketgan va bortdan oltin quymalari pastga tushib ketgan. Politsiya darhol parvoz maydonini o‘rab olgan bo‘lsa ham, mahalliy aholi qorda qimmatbaho metallni izlashda davom etmoqda. Bu haqda TJournal xabar berdi.
16-mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda mahalliy aholining aeroport atrofidan oltin izlab yurgani aks etgan roliklar paydo bo‘ldi.
Izoh (0)