Rossiya prezidenti saylovida O‘zbekistonda bo‘lib turgan 5,5 ming nafar Rossiya fuqarosi ishtirok etdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Rossiyaning Toshkentdagi elchixonasi bergan bayonotga ko‘ra, bu raqam 2012-yildagi ko‘rsatkichdan salkam ikki barobarga ko‘proqdir.
O‘zbekistonda doimiy yashayotgan Rossiya fuqarolari uchun Toshkent, Buxoro va Farg‘ona shaharlarida saylov uchastkalari ochilgan.
Izoh (0)