Xitoyda ijtimoiy kredit tizimida ko‘rsatkichlari past bo‘lgan mamlakat fuqarolari jiddiy cheklovlarga duch keladi. Xususan, ishonchli hisoblanmagan odamlarga samolyot yoki poyezdga chipta sotilmaydi, deb xabar berdi Reuters.
Xitoy hukumati mamlakatning har bir fuqarosiga reyting joriy etmoqchi, ya’ni ijtimoiy kredit tizimi ishga tushadi.
Davlat odamlarning bilimini, daromad darajasi va ishdagi muvaffaqiyatlarini baholab boradi. Reytingga fuqarolarning internetdan foydalanish tartibi ham ta’sir ko‘rsatadi.
Mazkur reytingda quyi o‘rinlarni egallagan fuqarolar ko‘plab muammolarga duch keladi. Shuningdek, ular ish topishda ham qiynaladi.
Xitoy hukumatining bu kabi xatti-harakatlari Jorj Oruelning “1984” asarida ta’riflangan tuzumga qiyoslandi. Tizim odamlarning har bir qilgan harakatiga ball qo‘shadi yoki olib tashlaydi.
Izoh (0)