Filippinning Bulakan provinsiyasida halokatga uchragan samolyot bortida yetti kishi bo‘lgani ma’lum qilindi. Bu haqda CNN Philippines telekanaliga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
CNN ma’lumotlariga ko‘ra, Plaridel — Laoag yo‘nalishi bo‘yicha harakatlangan samolyot bortida 6 nafar yo‘lovchi va bir nafar uchuvchi bo‘lgan. Ularning barchasi halok bo‘lgan.
Piper PA-23 Apache samolyoti Lite Air Express aviakompaniyasiga tegishli ekanligi aytilmoqda.
“Lite Air Express’ning barcha samolyotlari noxush hodisaning tergovi javobini kutib, uchmasdan turibdi”, — deydi furqarolik aviatsiyasi vakili Erik Apolonio.
Izoh (0)