O‘zbekistonlik yarim himoyachi Dostonbek Hamdamov Maxachqal’aning “Anji” klubi bilan shartnoma imzolagani aniq bo‘ldi. Bu haqda RFPL rasmiy saytida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston terma jamoasiga nomzod bo‘lgan Dostonbek Hamdamov “Anji”ning Rossiya chempionatida ishtirok etadigan futbolchilar qaydnomasiga kiritilgan.
Ma’lumot uchun o‘tgan mavsumda Dostonbek Hamdamov “Bunyodkor” safida 30 uchrashuv o‘tkazib, 14 ta gol muallifi bo‘lgandi.
Futbolchining “Bunyodkor” bilan tuzgan shartnomasida tovon puli 300 ming dollar deb ko‘rsatilgani haqida avvalroq ma’lum bo‘lgandi. Biroq uning transfer summasi 1 million yevroga baholanmoqda.
Izoh (0)