2018-yilning 13-martida Moskva shahridagi “Eksposentr” Markaziy ko‘rgazma kompleksi ko‘rgazmalar markazida MITT-2018 Xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasi start oldi, deb yozadi “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi matbuot xizmati.
“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat turizm qo‘mitasi va Ulysse Tour, Marco polo, Central asia travel, Compass tour, Dolores travel, Orient star group va Inter mice asia mahalliy turistik kompaniyalar bilan birgalikda “O‘zbekiston” yagona stendida o‘z aviatsion imkoniyatlarini namoyish etmoqda.
15-martga qadar davom etuvchi ko‘rgazma mobaynida “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi mutaxassislari turizm sohasida hamkorlik o‘rnatish va rivojlantirish maqsadida turistik soha, kurort tashkilotlari va yirik mehmonxonalar, shuningdek, OAVlari, reklama agentliklari vakillari va ko‘rgazmaning boshqa tashrif buyuruvchilari bilan bir qator uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Izoh (0)