Qatar Yulduzlar Ligasi chempioni “Al-Duhayl” Chempionlar Ligasining pley-offiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan joriy mavsumning ilk jamoasiga aylandi.
Chempionlar Ligasi: Sardor Rashidov sobiq jamoasi darvozasiga gol urdi. Biroq “Lokomotiv” bu safar ham Qatar klubidan yengildi
Bu yo‘lda qatarliklar “Lokomotiv” ustidan har ikki o‘yinda ham zafar quchdi. Dohada 3:2 hisobi qayd etilgan bo‘lsa, Toshkentdagisi 1:2 hisobi bilan yakuniga yetdi. Oqibatda “temiryo‘lchilar” 3 ochko bilan kamida yana 1 ta tur qoladigan bo‘ldi.Guruhdagi ikkinchi o‘yinda Amirliklarning “Al-Vahda” klubi dastlabki ochkosini qo‘lga kiritdi. Eronning “Zob Ohan” klubini qabul qilgan arablar 3:0 hisobida ustun keldi. Tomonlarning Isfaxonda o‘tgan o‘yini forslarning 2:0 hisobidagi yutug‘i bilan yakuniga yetgandi.
Shu tariqa “Lokomotiv”ning pley-offga yo‘llanma olish imkoniyati saqlanib qoldi. “Temiryo‘lchilar” 2-o‘rin uchun kurashda davom etadi. 3-aprel kuni ular Amirliklarda “Al-Vahda” mehmoni bo‘lsa, 17-aprel kuni Toshkentga “Zob-Ohan” futbolchilari tashrif buyuradi. Mazkur o‘yinlardagi ijobiy natija O‘zbekiston chempionini qutqarib qolishi mumkin.
Chempionlar Ligasi “B” guruhi. 4-tur 12-mart, dushanba
Izoh (0)