Pentagon 8-mart kuni AQSh Kongressiga Birlashgan Arab Amirliklariga 270,4 million dollarlik aviatsiya raketalarini sotish rejasi haqidagi bildirishnomani yubordi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Bayonotda ta’kidlanishicha, Davlat departamenti bu turdagi qurol-aslahaning Abu-Dabiga yetkazilishiga qarshi emas.
BAA 340 ta “havo-havo” klassidagi AIM-9X-2 Sidewinder infraqizil o‘z-o‘zidan to‘g‘rilanish kallakli boshqariluvchi raketa, zarur ehtiyot qismlari va qurilmalar, logistik ko‘mak so‘ragan.
“Bu BAAning hozirgi va bundan keyingi tahdidlarga qarshilik ko‘rsatish imkoniyatlarini yaxshilash imkonini beradi”, — deya ta’kidlanadi bayonotda.
Izoh (0)