Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh Shimoliy Koreya bilan munosabatlarda katta progressga erisha oldi, ammo ikkala davlat Koreya yarim orolini yadrosizlantirish haqida bitimga kelmaguncha, Pxenyanga qarshi sanksiyalar saqlanib qoladi, deb yozadi “RBK”.

Foto: EPA

Foto: EPA

“KXDR yetakchisi Kim Chen In shunchaki Shimoliy Koreya yadro dasturini muzlatib qo‘yish emas, balki yadrosizlanish haqida gapirdi”, — deb yozdi AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z Twitter’ida.

Shuningdek, Kim Chen In Vashington bilan muzokaralar olib borilayotgan paytda raketa sinovlaridan voz kechishga tayyor. “Biz katta progressga erishdik, ammo biz bitimga kelmagunimizcha sanksiyalar saqlanib qolishi kerak”, — dedi Tramp. U, shuningdek, Kim Chen In bilan uchrashuv allaqachon rejalashtirilayotganini qo‘shib qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, KXDR yetakchisi Kim Chen In Janubiy Koreya delegatsiyasi orqali AQSh prezidenti Donald Trampga yaqin vaqtlar ichida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi. Tramp ushbu uchrashuvni shu yilning mayigacha o‘tkazishga tayyorligini ma’lum qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiyada sodir bo‘lgan YTHda bir nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi jarohat oldi
Dunyo
Tojikistonda muzliklar erishi tezlashdi. Bu muzliklar deyarli butun Markaziy Osiyoni chuchuk suv bilan ta’minlaydi
Dunyo
Zelenskiy Putinning hibsga olinishiga berilgan orderni “burilish nuqtasi” deb atadi