Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQShning demokratlar partiyasi a’zo bo‘lgan senatorlar guruhi Rossiya prezidenti tomonidan taqdim etilgan yangi quroldan so‘ng, mamlakat davlat kotibi Reks Tillersonga murojaat qilib, undan Rossiya bilan strategik barqarorlik yo‘lida muzokara boshlashni talab qildi, deb xabar berdi “Gazeta.ru”.

Foto: AP

Foto: AP

“AQSh va Rossiya o‘rtasidagi strategik dialog prezident Vladimir Putin tomonidan 1-martdagi nutqida bir nechta yangi yadroviy qurollarni tilga olinganidan so‘ng, dolzarb masalaga aylandi. Putinning ma’lum qilishicha, Rossiyada qanotli raketa va suv osti yadroviy qurollar yaratilmoqda”, — deyiladi senatorlar tomonidan tayyorlangan maktubda.

Maktubga Jeff Merkli, Dayan Faynstin, Edvard Marki hamda betaraf senator Berni Sanders imzo chekkan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Federal majlisga murojaat chog‘ida ikkita yangi jangovar raketani namoyish etgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“100 ga yaqinidan 73 tasi yangilandi”. Dehqonoboddagi jin ko‘priklarning nechtasi yangilanganiga aniqlik kiritildi (video)
Sport
Lionel Messi MLS’ga o‘tsa, liga klublari futbolchining maoshini to‘lashga yordam berishga tayyor
Mahalliy
O‘zbekistonda fevral oyida 25 mlrd so‘mlik noqonuniy davlat xaridlari aniqlandi