Argentinaning so‘nggi diktatori Reynaldo Binone 90 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda “Izvestiya” xabar bermoqda.

Foto: Reuters

Xunta tomonidan amalga oshirilgan jinoyatlar uchun bir necha umrbod qamoq jazolariga hukm qilingan Binone harbiy gospitalda o‘lgani bildirilmoqda. Bu yerga u salomatligi yomonlashgani sababli keltirilgandi.

1976-yili Argentinada hokimiyatni harbiylar egallab oladi. Reynaldo Binone esa 1982-yilda prezident bo‘ldi. Rasmiy manbalarga ko‘ra, harbiy diktatura yillari Argentinada 18 ming fuqaro izsiz yo‘qolgandi.

2016-yil may oyida sud Binoneni siyosiy raqiblarni yo‘q qilish maqsadida “Kondor rejasi” operatsiyasi doirasida insoniyatga qarshi amalga oshirilgan jinoyatlarda aybdor deb topdi.