Rossiyaning Siktivkar shahrida joylashgan 1-sonli axloq tuzatish koloniyasi mahbuslari Xalqaro xotin-qizlar kuniga 15 mingta lola gulini o‘stirdi, deb xabar beradi “Interfaks”.
“Birinchi bor besh bargli lolalarni yetishtirishga muvaffaq bo‘lganimizdan so‘ng, ularning hajmini oshirishga qaror qildik. Albatta, buning o‘ziga yarasha nozikligi bor. Masalan, bunda harorat juda katta rol o‘ynaydi. Agarda harorat atiga ikki darajaga yuqori yoki past bo‘lsa, g‘uncha paydo bo‘lmasligi mumkin”, — deydi koloniya bo‘lim boshlig‘i Igor Sokolov.
Mazkur koloniyada niderland lolalari 11 yildan buyon o‘stirib kelinadi. U yerda “Primavera”, “Barselona”, “Match” va “Master” kabi navlar yetishtiriladi. Gullarning asosiy qismi sotuvga chiqarilsa, bir qismi Federal jazoni ijro etish xizmati boshqarma muassasalariga jo‘natiladi.
Izoh (0)