Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQShning Texas shtatidagi Xyuston shahrida yashovchi Jeyson Griffin o‘q o‘tkazmaydigan jiletni kiyib ko‘rayotgan o‘rtog‘ini tasodifan otib qo‘ydi. Bu haqda ABC 13 xabar berdi.

Foto: ABC 13

Foto: ABC 13

Erkak qo‘lga olingan. Unga nisbatan qasddan qilinmagan qotillik, o‘q otar qurolni noqonuniy saqlash va qurol bilan jiddiy jinoyat sodir etish ayblovlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bayram vaqtida Griffinning tanishi o‘q o‘tkazmaydigan jilet kiygan va unga qarata o‘q uzishni so‘ragan. Griffin esa to‘pponchasi bilan unga qarata o‘q uzgan. Voqeaga guvoh bo‘lgan qizning aytishicha, erkak qurol o‘qlangan ekanligini bilmagan.

O‘q qurbon bo‘lgan erkakning ko‘kragiga tekkan. U og‘riqdan baqirib, yiqilgan. Griffin undan jiletni yechgan va yordam berishga uringan, bundan foyda chiqmagach, voqea joyidan qochib ketgan. Keyinroq u ortiga qaytgan va o‘zini politsiyaga topshirgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
Dunyo
Greta Tunberg to‘rtinchi bor tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod bo‘ldi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga jo‘nab ketdi