Seul markaziy tumani prokuraturasi Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Li Myon Bakni davlat rahbari lavozimini egallagan yillarida vazifasini suiste’mol qilish ishi bo‘yicha 14-mart kuniga so‘roqqa chaqirdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“Haqiqatni aniq-tiniq va samarali yuzaga chiqarish uchun Li Myon Bakka nisbatan tekshiruv olib borish zarur. Biz uni ko‘p bor so‘roqqa chaqirishni rejalashtirmaganmiz”, — dedi prokuratura vakili.
2008—2013-yillarda Janubiy Koreya prezidenti lavozimini egallagan Li Myon Bak oldinroq korrupsiyaviy mojaro nishoniga aylangandi. Tergovga ko‘ra, u hujjatlar bo‘yicha akasiga tegishli bo‘lgan avtomobil ehtiyot qismlari ishlab chiqarish kompaniyasining haqiqiy egasi hisoblanadi.
Tergovchilar sobiq davlat rahbari aktivlarini nazorat idoralaridan yashirish uchun bu kompaniyadan foydalangan, deb gumon qilmoqda.
Izoh (0)