Madridning “Real” klubi takroriy o‘yinda ham PSJdan ustun keldi va Chempionlar Ligasining chorak finaliga yo‘l oldi
Nima bo‘layotganini tushunmayapman, vaziyatni yaxshi his qila olmadik. Hisobni tenglashtirdik, ammo hech narsa o‘zgarmadi. Vaholanki, pressing va hujum qilishda davom etishimiz kerak edi.Unai Emeri bu safar ham Chempionlar Ligasida muvaffaqiyatli ishtirok eta olmadi. Endi esa OAV PSJ prezidenti jamoaga Zinedin Zidanni olib kelishni rejalashtirayotgani borasidagi xabarlarni qalashtirib tashladi.1:3 hisobidagi mag‘lubiyatdan keyin to‘pni bir-birimizga oshirib nimadir kutish emas, raqibga haqiqiy bosim qilishimiz to‘g‘riroq bo‘lardi. O‘yin boshidanoq shunday qilmadik va haqli ravishda turnirdan chiqib ketdik. “Real” esa o‘ziga ishonib o‘ynadi va umuman asabiylashmadi.
Yozda transferlar uchun 400 million yevro sarflangach, hamma PSJ natijalari qanday bo‘lishi haqida muhokamaga kirishdi. Biz esa yana 1/8 finalda to‘xtamoqdamiz. Aslida jamoa bundan ancha ortig‘iga loyiqdek, biroq har safar nimadir yetishmayapti.
Yulian Draksler, PSJ a’zosi
“Real” bizdan yaxshi o‘ynadi. Ko‘proq hujum qilishni istagandik, biroq birinchi gol va qizil kartochka imkoniyatlarimizga chek qo‘ydi. “Real” keyingi bosqich uchun haqliroq edi.Aslida “Real”dan mag‘lub bo‘lish emas, 1/8 finaldanoq chiqib ketganimiz og‘riqli. Biz raqibdan 80 daqiqa yaxshiroq o‘ynagan birinchi o‘yin hal qiluvchi rolni o‘ynadi.
Hammamiz turnirni tezroq yutishni istaymiz. Ishonamanki, PSJ muxlislari qachondir Chempionlar Ligasi kubogini nishonlaydi. Hozir esa o‘zimning keyingi taqdirim haqida o‘ylayotganim yo‘q.
Unai Emeri, PSJ bosh murabbiyi
PSJ superklubga o‘z-o‘zidan aylanib qolmadi. Unga kattagina sarmoya kiritildi. Natijalarning bu kabi davom etishi investorlar hafsalasini pir qilmaydimi?
Musobaqadan chiqib ketganimiz hamda ba’zi futbolchilarning bunga munosabati hafsalamni pir qildi. Qizil kartochka esa o‘yinni “o‘ldirdi”.Biz ishlashda davom etishimiz, muxlislarni xursand qilish uchun yanada kuchayishimiz kerak. Garchi o‘yin biz istagan ko‘rinishda o‘tmagan bo‘lsa-da, biz o‘z loyihamizga ishonishda davom etamiz. Hozir o‘zgarishlar haqida o‘ylashning vaqti emas. Xotirjamlikni saqlab, mushohada qilishimiz shart.
Sarmoyalarimizdan ko‘nglimiz to‘q, futbolchilarga esa ishonamiz. Neymar va Mbappe klubimiz kelajaklaridir.
Nosir Al-Xelayfiy, PSJ prezidenti
Izoh (0)