Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Joriy yilning 1-mart kuni Toshkent viloyati Parkent tumanidagi “Zarkent-Jahongir” fermer xo‘jaligiga qarashli maydonga taxlab qo‘yilgan, bahosi 6 million 290 ming so‘m bo‘lgan 370 beton to‘sinlarni o‘g‘irlab ketildi, deb xabar berdi O‘zA.

Foto: Avito

Foto: Avito

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor chora-tadbirlar davomida ushbu jinoyatni hech qayerda ishlamaydigan, mazkur tumanda yashovchi 1988-yilda tug‘ilgan S.Burhonov (ism-shariflar o‘zgartirilgan) va 1997-yilda tug‘ilgan A.Jamolovlar sodir etganligi aniqlandi.

Aybdorlar qo‘lga olinib, O‘zbekiston Respblikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortildi. Daliliy ashyo sifatida beton to‘sinlar egasiga qaytarildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Nukus voqealari bo‘yicha uch nafar huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi qamoqqa olindi 
Dunyo
G7 davlatlari Xitoy, Shimoliy Koreya va Eronga qarshi sanksiyalar tayyorlamoqda — Bloomberg
Mahalliy
Oʻzbekistonning yanvar oyidagi budjet daromadi ochiqlandi