Xitoylik hamkor o‘zbekistonlik sherigining nojo‘ya qilmishidan shikoyat qildi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Xitoy fuqarosi S. Jang 2014-yil 25 yanvardan 2015-yil 13 yanvargacha vaqt oralig‘ida Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Kamol-Fraht” MCHJ rahbariga Urumchi shahridan jami 449.335 dollar miqdoridagi biologik faol qo‘shimchalar va tibbiy texnikalar yuboradi.
Jamiyat direktori K.N esa ushbu qo‘shimchalar va texnikani sotib yuborib, pullarni o‘z ehtiyoji yo‘lida ishlatib yurgani ma’lum bo‘ldi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)