Toshkent shahar jinoiy sudida 7-mart, chorshanba kuni soat 14:30 ga konstitutsiyaviy tuzumga tajovuzda ayblanayotgan Bobomurod Abdullayev, Hayotxon Nasriddinov, Shavkat Olloyorov va Ravshan Salayevga nisbatan ish bo‘yicha birinchi sud yig‘ilishi belgilangan. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar berdi.
Oliy sud rasmiy vakili Aziz Obidovga ko‘ra, mazkur ish Toshkent shahar jinoiy sudi sudyasi Zafar Nurmatov raisligida, xalq maslahatchilari S. Turobova, M. To‘ychiyeva va N. Qosimova ishtirokida ochiq sud jarayonida ko‘rib chiqiladi.
Eslatib o‘tamiz, yopiq sud yig‘ilishi 5-mart kuniga belgilangan, biroq keyinchalik qoldirilgandi.
Izoh (0)