Olimlar termitlarni suvaraksimon hasharotlar turiga kiritish haqida anchadan beri bahs boylab kelayotgan edi. Amerikaning entomologik jamiyati ushbu bahsga yakun yasashga qaror qildi, deb xabar beradi National Geographic.

Foto: National Geographic

Termitlar va suvaraklar haqidagi barcha ilmiy ma’lumotlarni taqqoslab, mutaxassislar ularning turkumini qayta ko‘rib chiqdi. Termitlar qat’iy ravishda suvaraksimonlar turkumiga kiritildi. Ularning suvaraklar bilan farqlari umumiy belgilari bilan solishtirilganda ahamiyatsiz deb topildi.

Hozirgi kunda termitlarning 2933 turi aniqlangan. Hasharotlarning fanga ma’lum turlari esa 3106 tani tashkil etadi. Ilk termitlar qanotli bo‘lgan. Termitlar va suvaraklarning ayrim turlarining ichaklarida bir xil mikroflora mavjudligi aniqlandi.