Isroil tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksandr Ben-Svi mamlakatda mazmunli dastur mavjud bo‘lgan taqdirda to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarga tayyor ekanligini ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“To‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar bo‘lsa, falastinliklar bilan istalgan joyda o‘tirib, gaplashib olishimiz mumkin. Muhimi buni qayerda amalga oshirish emas, nima haqida gaplashish-ku. Qanaqadir dastur kerak. Axir muzokaralar tomonlar takliflarini muhokama qilishdan iborat”, — dedi Ben-Svi.
U, jumladan, Isroil tomonidan 2000 va 2008-yillarda bildirilgan takliflarni eslatib o‘tdi. O‘shanda Falastin tomoniga hududning bir qismi taklif qilingan, biroq taklif rad etilgan edi.
Izoh (0)