Rossiya qo‘shinlari Avdeyevka g‘arbida joylashgan Umanskoye qishlog‘iga kirib, u yerda SSSR bayrog‘ini o‘rnatdi. Bu haqda Bild tahlilchisi Yulian Ryopka xabar berdi.
Ryopkening so‘zlariga ko‘ra, Avdeyevka rus harbiylari tomonidan qo‘lga kiritilgandan so‘ng, Ukraina qo‘shinlari shaharning g‘arbiy qismida Berdichi — Semenovka — Orlovka — Tonenkoye liniyasida mudofaani ushlab turgan. Biroq mart oyining oxiriga kelib rus armiyasi bu liniyani yorib o‘tib, g‘arbga qarab siljigan.
Shundan so‘ng, Ukraina armiyasi g‘arbdagi qishloqlarda mudofaa pozitsiyalarini egallagan, ulardan birinchisi Umanskoye edi. Ryopke rus qo‘shinlari endi bu qishloqqa ham kirganini aytmoqda.
“Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lganlar yodgorligiga rus harbiylari o‘roq va bolg‘a aks etgan SSSRning qizil bayrog‘ini o‘rnatdi”, — deydi u.
Tahlilchi qishloqning janubiy va g‘arbiy qismlari hamon Ukraina armiyasi nazoratida qolayotganini aytdi. Ba’zi sun’iy yo‘ldosh tasvirlari ruslar Umanskoye sharqidagi Ukraina xandaqlariga faol hujum qilayotgani, Ukraina qo‘shinlari g‘arbga chekinayotganini ko‘rsatadi.
Izoh (0)