• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat Shou-biznes

    Onasiz ulg‘aygan, uchuvchi bo‘lishni orzu qilgan va ozodlikdan mahrum qilingan Ozodbek Nazarbekov 50 yoshda (foto)

    O‘zbekiston, Qoraqalpog‘iston va Tojikiston xalq artisti, siyosiy maydonda ham o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Ozodbek Nazarbekov 7-may kuni 50 yoshni qarshiladi.

    “10 yoshimda onamdan ayrilganman”

    Ozodbek Nazarbekovning onasi hayotni juda erta tark etgan. Oilaning kenja farzandi bo‘lgan xonanda bu paytda bor-yo‘g‘i 10 yoshda edi. Onasining o‘limi xonanda uchun og‘ir zarba bo‘lganini u quyidagicha eslaydi.

    Foto: Xonandaning shaxsiy arxividan

    — Odamlar bolalik yillarini shirin xotiralar bilan eslaydi, men esa aksincha. Onam olamdan o‘tganida bor-yo‘g‘i 10 yoshda edim. Kenja farzand bo‘lganim uchun onamga suyanib o‘sgan, hatto ancha ulg‘ayib qolganimda ham onamning etagini qo‘yib yubormasdim.

    10 yoshimgacha onamsiz uxlamaganman. Bir kuni onam rahmatli turmushga chiqqan opamning uyiga meni tashlab kelgan ekan. Men yig‘lab janjal qilganimdan keyin opam yarim kechasi onamning oldiga olib kelgan ekan, — deydi Ozodbek Nazarbekov.

    “Onam rahbar bo‘lishimni istardi”

    Xonanda oddiy ishchilar oilasida dunyoga kelgan, hatto farzandlar orasida faqatgina u oliy maʼlumotli bo‘la olgan. Ozodbek Nazarbekovning aytishicha, xonandaning onasi kenja farzandining tahsil olishi va “obkom” bo‘lishini orzu qilgan ekan.

    Foto: Xonandaning shaxsiy arxividan

    — Onamning bir gaplari hech ham esimdan chiqmaydi, bolalik xotiralarini eslayman, bizning paytimizda viloyat hokimi “obkom” deyilardi. Oyim ham meni erkalab “obkom bolam” derdi. Niyatlari xolis ekan, vaqt o‘tsa ham, shu gaplarini eslayman. Vazir bo‘lgan kunim ham kabinetda o‘tirib shu narsani esladim. Qayerga borsam ham, onamning suratini yonimda olib yuraman. Shu rasm men televideniyeda ishlab yurgan paytim o‘sha yerda turgan edi, keyin u yerdan narsalarimni yig‘ishtirib kabinetga olib bordim. Rasmni kabinetga qo‘ydim va birdan “obkom bolam” deganlari esimga keldi. Shundan keyin o‘tirib yig‘ladim va mana, siz o‘ylagandek farzand bo‘ldim, deb birpas rasmlari bilan gaplashdim.

    Foto: Xonandaning shaxsiy arxividan

    Onamning orzusi duo bo‘lgan ekan, bo‘lmasa bizning oilamizda vaziyat og‘ir bo‘lgani uchun akalarim, opalarim o‘rta maxsus taʼlimda qolib ketishdi, oliy maʼlumotli bo‘lisholmadi. Vazirlikka ishga kelganimning birinchi kuni onam bilan 10 daqiqa gaplashdim. Shuncha duo qilib, shu kunlarni ko‘rmadingiz dedim. Shu kunlar bolaligimda bo‘lgani uchun menda faqat o‘ksik xotiralar qolgan. Bilmadim, lekin quvonchli voqealarni eslolmayman, balki ungacha quvonchli voqealar bo‘lgandir, biroq bu qayg‘uli kunlar barchasini yuvib tashladi. Onamning tirikligida quvonch, kayfiyat bor edi”, — deydi Ozodbek Nazarbekov.

    “Uchuvchi bo‘lishni orzu qilganman”

    Ozodbek Nazarbekov bolalikda bir nechta hunarlarni o‘rganishga harakat qilgan. 15 yoshni qarshilagunga qadar, u sanʼatkor bo‘lish haqida jiddiy ahd qilmagan.

    Foto: Xonandaning shaxsiy arxividan

    — Oilamizda sanʼatkor bo‘lmagani uchun otam meni turli sohalarga yo‘naltirgan. Shahrixondagi kosiblar mahallasidan tortib, tandir-o‘choqchi, pichoqchilarning ustaxonalarigacha borib, ularga shogird tushganman. Ish qilayotganda shunchaki qo‘shiqlarni kuylardim, ammo bu sohaning etagini tutish niyatim jiddiy emasdi. Barcha bolalar singari men ham uchuvchi bo‘lishni orzu qilganman. Undan keyin kinoaktyorlikka qiziqqanman. Oilamizda yetti farzand edik. Yaxshi eslayman, musiqa maktabimizga 12 so‘m badal puli to‘lash kerak edi, o‘shani to‘lash ham oilamizga og‘irlik qilardi.

    Foto: “Daryo”

    Rubob olish katta orzum bo‘lgan. Akmaljon degan sinfdoshim bo‘lgan. U o‘sha musiqa maktabiga borardi. Akmaljonning musiqa maktabida darsi bo‘lgan kuni maktabga rubobini ko‘tarib kelardi. U rubobini olib kelgan kun men uchun bayram edi. Meni musiqa maktabining sinfiga kiritishmas edi. Kalitning tirqishiga qulog‘imni qo‘yib, berilgan darslarni yodlab olib, yodlagan kuylarim esimdan chiqib qolmasligi uchun maktab koridorida u yoqdan bu yoqqa g‘ing‘illab, takrorlab o‘tirardim. Sinfdoshim darsdan chiqishi bilan rubobini olib, xotiramdagi kuyni rubobda chalib ko‘rib, qo‘limga ko‘chirardim. Darsdan so‘ng uyga qaytardim, uyga qaytgach mahallamizdagi boshqa bir bolaning rubobini olib, unda shug‘ullanib, darslarni o‘zlashtirardim.

    Foto: Instagram / @ozod_axmadovich

    Hatto oxirgi vaqtlar shunday bo‘ldiki, musiqa maktabidagi Sobirjon aka degan ustozimiz maktabga pul to‘lolmaganimga ham ko‘z yumib, “Kirib, oxirgi partada bo‘lsa ham o‘tiraver”, dedilar. O‘sha vaqtda shunaqa baxtli edimki, men uni byurokratiyasi bilan nima ishim bor, men o‘qiyapman, menga shu kerak edi. Shanba va yakshanba kuni ustozning uylariga borardim. U kunlarni kutib yashardim. Chunki ustozimning uylarida barcha musiqa asboblari bo‘lardi. Ustozlarimiz behikmat insonlar bo‘lishmagan. Avval bir ish berardilar, o‘sha ishni bajarganimizdan keyin ikki soat soz chalishga ruxsat berganlar. O‘sha kuni mendan baxtli inson bo‘lmagan, — deydi xonanda.

    “Muhriddin Holiqovga havas qilganman”

    Ozodbek Nazarbekov sanʼatkor bo‘lib shakllanishida Muhriddin Holiqovning o‘rni beqiyos bo‘lgani haqida so‘zlab bergan.

    Foto: Instagram / @ozod_axmadovich

    — Muhriddin Holiqovga havasim juda yuqori bo‘lgan. Hattoki ularning ovoziga taqlid ham qilar edim. O‘sha paytda Botir Zokirov xotirasiga bag‘ishlangan tanlov eʼlon qilingan. Tanlovning birinchi turida qatnashib g‘olib bo‘lganman, shunda fevral oylari edi. Keyingi tur yana ikki oydan keyin boshlanardi. Bizga ketaveringlar, keyingi turga kelasizlar deyishgan. Shu vaqtda men Muhriddin Holiqovni topib, tanishib ketmasam bo‘lmaydi deganman. Chunki tanlovda ustozning qo‘shig‘ini aytib ishtirok etgandim, — deydi xonanda.

    “Ustozning uyini bir hafta izlaganman”

    Ozodbek Nazarbekov tanish-bilishlarsiz “ko‘tarilgan” ijodkor hisoblanadi. Uning Muhriddin Holiqov bilan tanishuvi ham juda qiziq kechgan.

    Foto: Instagram / @ozod_axmadovich

    — Shahrixonlik Maʼruf aka degan tanishim bor edi. U kishi konservatoriyada o‘qir va to‘ylarda g‘ijjak chalardi. Uning yonida yurib, to‘ylarga chiqib yurgan paytlarim edi. U kishiga Muhriddin Holiqov bilan uchrashish niyatim borligini aytdim. U bilan ustozning uyini naqd bir hafta izlab, topib borganmiz. Ammo ustoz bilan uchrashuvimiz oson kechmagan. Avvaliga ustozning akasi Shahobbin aka bilan suhbatlashganmiz. “Uch kundan keyin soat 6 larga kelinglar, shu yerda yig‘ilib to‘yga ketamiz”, degan. Shahobiddin akaga ustozning qo‘shiqlarini ijro etgan kassetamni berib, uch kun o‘tishini intizor bo‘lib kutganman. Uch kundan keyin kelsam, uy oldida bagajlari ochilgan va magnitofoni baland qilib qo‘yilgan mashina turibdi. Eng qizig‘i, unda mening ijromdagi qo‘shiqlar yangrayotganini eshitib, g‘alati bo‘lib ketganman. Meni Muhriddin akaga tanishtirgach, qo‘shiqlarni qayta eshitib ko‘rdi. “Jamoa bilan birga ishlaysanmi? Agar uyingdagilar rozi bo‘lishsa, to‘y xizmatlariga o‘zim bilan birga olib boraman”, degan. Quvonganimdan uyga borib otamning duosini olganman va Muhriddin aka bilan vohadagi xizmatlarga ketganman, — deydi xonanda.

    Ustoz anʼanasini davom ettirgan shogird

    Muhriddin Holiqov shogirdlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydigan ijodkor edi. U Ozodbek Nazarbekovga ham uyidan joy berdi.

    Foto: Instagram

    — Toshkentga kelib, Muhriddin akaning hovlisiga joylashganman. Bu yerda doim 3-4 ta shogirdlar bo‘lar, ustoz nimani yesa, shogirdlariga ham shuni ilinardi, — deydi Ozodbek Nazarbekov.

    Keyinchalik bu odatni Ozodbek Nazarbekov ham davom ettirdi. Azizbek Bekturdiyev, Alisher Fayz va Bahrom Nazarov ustozlarining uyida yashab, sanʼat sirlarini o‘rganishgani, Ozodbek Nazarbekov ularga nafaqat saboq bergani va ish bilan ham taʼminlaganini ko‘plab intervyularida aytib o‘tishgan.

    Xonanda eng ommabop va uzoq kunlik konsert berish borasida rekord natijani qayt etgan. Yaʼni 2005-yildan to 2016-yilga qadar xonanda har yili oylab katta saroyda konsert dasturlarini namoyish etgan. Rahbar lavozimlariga tayinlanganidan so‘ng ijodida katta uzilish ro‘y bergan. Yaʼni u 2017-yili “Yoshlar” kanaliga rahbar etib tayinlangan. Bir yildan so‘ng uni madaniyat vaziri o‘rinbosari etib tayinlashdi. Ikki yildan so‘ng esa vazir lavozimiga tayinlanib, bor eʼtiborini madaniyat sohasini riovojlantirishga qaratdi.

    Xonanda bilan bog‘liq qiziqarli faktlar ko‘p. Masalan, u o‘zbek sanʼatkorlari orasida 12 ta shevada mustaqil so‘zlay olishi bilan ham ajralib turadi. Shevalarda gaplashish unga hech qanday qiyinchilik tug‘dirmaydi.

    Vazirlik afzalmi yoki ijod?

    2020-yildan buyon deyarli ijod qilmayotgan Ozodbek Nazarbekov intervyularining birida rahbar bo‘lishdan ko‘ra, ijod qilish zavqliroq ekanligini aytib o‘tgan.

    Foto: Instagram / @ozod_axmadovich

    — Albatta, xonanda bo‘lib erkin ijod qilishning qulayligi yuqori. Bugungi kunda, davlat idoralari xalq manfaatiga xizmat qilayotgan paytda vazir bo‘lish yanada masʼuliyatli hisoblanadi. Halovat joyida bo‘lmaydi. Vaqt, ish ko‘lamining kengligi nuqtayi nazaridan katta davlatning butun bir madaniyat sohasiga javobgarlik insonni behalovat qilishi aniq”, — deydi madaniyat vaziri.

    “Boshimdan qora kunlar o‘tdi”

    Sanʼatkorlikdan Madaniyat vaziri darajasiga erishgan Ozodbek Nazarbekovning bir paytlar ozodlikdan mahrum etilgani va jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tagan ijodkor uchrashuvlarning birida bu haqda ochiqchasiga aytib o‘tgandi.

    Foto: Instagram / @ozod_axmadovich

    — Yaxshi bilasizlar, hayotimda eng og‘ir kunlar ham o‘tdi, mana bugun vazir darajasiga keldim. Lekin og‘ir, mudhish kunlarimda tanamda his qilgan muammolar bo‘ldi. Bir oilada bir inson qamalsa, shu oilaga nima bo‘lardi, o‘ylab ko‘ringlar? Na ota-onasiga, na farzandlariga maktabda kun bor edi. Lekin mana shu Konstitutsiyadagi eng muhim o‘zgarishlardan biri — bundan bu yog‘iga ota bolasiga (qilmishi uchun — tahr.) javob bermaydi, bola otasi uchun javobgar emas.

    Mening oilam shu qiyinchiliklarni boshidan kechirdi, bu qiyinchiliklarni ko‘rdik. Shuncha qiyinchilik, boshimizdan qora kunlar o‘tib, bugun vazir darajasiga yetishim — bu menimcha, aynan inson qadri”, — deydi Ozodbek Nazarbekov.

    8 farzandning otasi

    Foto: Instagram / @ozod_axmadovich

    Ozodbek Nazarbekov ko‘p farzandli ota. Uning sakkiz nafar farzandi bor. Sanʼatkor oilasi haqidagi maʼlumotlarni oshkor qilishni istamaydi. U shu kungacha uch qizini turmushga bergan va bir o‘g‘lini uylantirgan.

    09.05.2024, 10:02   Izoh (0)   249857
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ozodbek Nazarbekov tadbirkorlik subyekti ulushdori ekani aytilmoqda. Qonunchilikda mansabdorlarga biznes qilish taqiqlangan

    12.08.2023, 23:18

    Madaniyat vaziri 10 nafar san’atkor haqida ma’lumot beruvchi portal yaratishga salkam yarim mlrd so‘m sarflamoqda 

    05.10.2023, 23:20

    “To‘y-marosimga san’atkorni taklif qilishda to‘g‘ridan to‘g‘ri kontakt yo‘q”. Madaniyat vazirligi salkam 500 mln so‘mga yaratilayotgan portali haqida ma’lumot berd...

    07.10.2023, 11:01

    Madaniyat vazirligi “Ovoz” loyihasi uchun 2 mlrd so‘m ajratadi

    11.04.2024, 09:29

    Tojikiston prezidenti Ozodbek Nazarbekov, Yulduz Usmonova va qator sanʼatkorlarni mukofotladi (video)

    18.04.2024, 17:00

    Ozodbek Nazarbekov madaniyat va san’at xodimlari kuni munosabati bilan hamkasblarini taqdirladi (video)

    19.04.2024, 13:52

    “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti”— Ozodbek Nazarbekov Botir Qodirovning Sherali Jo‘rayev o‘g‘illari bilan sudlashayotganiga munosabat bildirdi

    24.04.2024, 15:51

    Instagram: Hamdam Sobirov rafiqasiga qimmatbaho avtomobil sovg‘a qildi, “Ko‘k Jiguli”ga qancha pul sarflangan? Ozodbek Nazarbekov 50 yoshli yubileyini nishonladi

    08.05.2024, 10:51

    Madaniyat vazirligi Ozodbek Nazarbekov kiyim do‘konini reklama qilganiga munosabat bildirdi

    05.07.2024, 13:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Sistit — bu uyat emas!


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi

     

    Tavsiya etamiz

    Hitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “PSJ” finaldagi g‘alabasi evaziga qancha pul ishlab olgani ma’lum bo‘ldi

    Sport | 1 iyun, 13:07

    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi

    Reklama | 1 iyun, 13:30

    Mask giyohvand moddalar iste’mol qilayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi

    Dunyo | 1 iyun, 11:30

    2024/25-yilgi Yevropa Chempionlar Ligasi: eng yaxshi to‘purar va assistentlar aniqlandi

    Sport | 1 iyun, 11:02

    Rossiyada yo‘lovchi poyezd ustiga ko‘prik quladi. Qurbonlar bor

    Dunyo | 1 iyun, 10:40

    Tojikistondan 16 kilo giyohvandlik vositasi olib kelgan shaxsga sud hukmi o‘qildi

    O‘zbekiston | 1 iyun, 09:45

    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi

    Reklama | 1 iyun, 12:00

    10 sutka qamoq va jarima. Toshkentdagi futbolda janjal uyushtirganlar jazolandi

    O‘zbekiston | 1 iyun, 08:57

    YCHL. “PSJ” finalda “Inter” darvozasiga javobsiz 5 ta gol urib, chempionlikni qo‘lga kiritdi (video)

    Sport | 1 iyun, 07:59
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.