KXDR Suriyaga kimyoviy qurol ishlab chiqarish uchun komponentlarni yetkazganligi ehtimoli haqidagi ma’lumotni rad etmoqda. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Avvalroq bu haqda BMTning chop etilmagan hisobotiga tayanib OAV xabar bergan edi. Hisobotda 2012—2017-yillar oralig‘ida KXDRdan Suriyaga yuborilgan, 40 ta avval noma’lum yuk partiyalari haqidagi ma’lumot mavjud.
Ilgari surilgan ayblovlar yuzasidan Shimoliy Koreya TIV huzuridagi AQSh Tadqiqot institutining matbuot xizmati rahbari bayonot bilan chiqish qildi. “Bir necha marta juda aniq ko‘rsatilganidek, KXDR o‘zi qarshi chiqayotgan kimyoviy qurolni yaratish, ishlab chiqarish va saqlashda biror marta qayd etilmagan”, — dedi mansabdor.
Izoh (0)