WSB musobaqasining guruh bosqichi doirasida Cuba Domadores klubini qabul qilayotgan Uzbek Tigers jamoasi birinchi jangni o‘z foydasiga hal qildi.
Bugun Toshkentda boks titanlari o‘zaro to‘qnash keladi: Uzbek Tigers — Cuba Domadores
Toshkentdagi “Universal” sport majmuasidagi boks kechasi ringiga birinchi bo‘lib Rio—2016 chempioni Hasanboy Do‘stmatov ko‘tarildi. -49 kilogramm vazn toifasida Xoanis Argilagosga qarshi kurashgan Hasanboy, jangni o‘z foydasiga hal qildi.Oldinda Shahobiddin Zoirov, Iqbol Xoldorov, Isroil Madrimov, Sanjar Tursunov kabi o‘zbekistonlik bokschilar kubaliklarga qarshi ringga chiqishik kerak. Cuba Domadores ringlarida kechgan ilk to‘qnashuvda Uzbek Tigers bokschilari 0:5 hisobida imkoniyatni boy bergandi.
Izoh (0)