Bugun — 27-fevral kuni Toshkentdagi “Universal” sport majmuasida boks dunyosida tobora ommaviylashib borayotgan WSB musobaqasining navbatdagi to‘qnashuvi bo‘lib o‘tadi.

Foto: O‘BF

O‘zbekiston boks federatsiyasiga qarashli Uzbek Tigers jamoasi WSB turnirining doimiy favoritlaridan biri bo‘lgan Cuba Domadores klubiga qarshi ringga chiqadi. Tomonlarning Kubada o‘tgan birinchi to‘qnashuvida mezbonlar har 5 ta jangni o‘z foydasiga hal qilishga muvaffaq bo‘lgandi.

Cuba Domadores — Uzbek Tigers. O‘zbekistonlik besh bokschi aslida qanday jang qilgandi? (video)

C2 a’zolarining mag‘lubiyati uchun bugun С1 vakillari o‘ch olishga urinib ko‘radi. Uning safida Hasanboy Do‘stmatov, Shahobiddin Zoirov, Iqbol Xoldorov, Isroil Madrimov, Sanjar Tursunov kabi bokschilar bor.

Uzbek Tigers — Cuba Domadores

  • -49 kg: Hasanboy Do‘stmatov — Xoanis Argilagos
  • -56 kg: Shahobiddin Zoirov — Robeysi Ramires
  • -64 kg: Iqbol Xoldorov — Endi Kruz
  • -75 kg: Isroil Madrimov — Arlen Lopes
  • -91 kg: Sanjar Tursunov — Erislandi Savon

Janglar Toshkent vaqti bilan 19:00 da boshlanadi.