Farg‘onaning “Neftchi” futbol klubi Superliga chempionligi uchun kurash olib boradi. Bu haqda klub rahbariyati “Championat.asia” nashriga ma’lum qilgan va jamoa oldiga shunday vazifa qo‘yilishini bildirgan.
“Neftchi” o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra Oliy Liga bilan xayrlashish arafasida turgandi. Biroq Superliganing yangi formati uni elitada saqlab qoldi. Ertaga — 27-fevral kuni jamoaga yangi kelib qo‘shilgan futbolchilar jamoatchilikka tanishtiriladi.
PFL klublarga 4+1 ko‘rinishidagi legionerlar limitini taqdim etgan. “Neftchi” bu imkoniyatdan qanday foydalangani ertaga ma’lum bo‘ladi. Superliganing favorit klublari esa chempionatning oldi futbolchilarini o‘z safiga qo‘shib ulgurgan.
Aytilishicha, klub rahbariyati jamoaning so‘nggi yillarda yo‘qolib borayotgan imidjini tiklash maqsadida. “Neftchi” so‘nggi bor 2001-yilgi mavsumda chempion bo‘lgandi. Keyingi 16 yil davomida esa klub oltin medallarga yaqinlasha olmagan.
O‘tgan mavsum “Neftchi”ni ilk davrada Andrey Fyodorov, keyinroq esa Vadim Abramov boshqargandi. Ayni paytda har ikki mutaxassis ham jamoa bilan xayrlashib ulgurgan.
Izoh (0)