Xorijiy investitsiyalarni jalb etishni kengaytirish uchun viloyatlar va O‘zbekistonning chet ellardagi elchixonalari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Farg‘ona viloyati hokimligi va ishbilarmonlari delegatsiyasi mamlakatning Latviyadagi elchixonasi tashkilotchiligida Boltiqbo‘yi respublikasi hukumat a’zolari va tadbirkorlari bilan uchrashib, sherikchilikda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan investitsion loyihalarni muhokama qildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Muhammadjon Obidov xabar berdi.
Muzokaralarga ko‘ra:
- Ditton kompaniyasi investitsiyasi ishtirokida Farg‘onada traktorlar uchun zanjir ishlab chiqarish qo‘shma korxonasi tashkil etish;
- “VEF Radiotexnika RRR” zavodi ovoz kuchaytirish kolonkalari ishlab chiqarish qo‘shma korxonasiga asos solishi;
- Eurasia kompaniyasi Latviyaning naslli qoramollari va urug‘larini import qilishi, o‘zbek chorvadorlarining Latviyada malaka oshirishini yo‘lga qo‘yish;
- “Mindonobod agrosanoat” agrofirmasida ishlab chiqarilayotgan vino maxsulotlariga Yevrosertifikat olinishi va Yevropa mamlakatlariga eksportini yo‘lga qo‘yish;
- 2018-yilda Farg‘ona viloyatidan Latviyaga qishloq xo‘jaligi maxsulotlari ekrporti hajmini 17 million dollarga yetkazish;
- Farg‘ona viloyatida ishlab chiqarilayotgan to‘qimachilik maxsulotlari va mineral o‘g‘itlarni eksport qilish;
- Latviyaning Axborot tizimlari menejmenti oliy maktabi ishtirokida (ISMA) Farg‘ona Davlat universitetida mehmonxona xo‘jaligi ta’lim yo‘nalishini tashkil etish;
- Riga va Farg‘ona hayvonot bog‘i mutaxassislarining o‘zaro tajriba almashinuvi;
- Farg‘onalik ayollar kasalliklari, ko‘z va kardiologiya mutaxassislarining Riga tibbiyot ilmiy davolash markazlarida malaka oshirishi;
- Latviya tennis murabbiylarining farg‘onalik yosh sportchilari uchun o‘quv-yig‘inlari, master-klass o‘tkazishi;
- Latviyalik sayyohlarning O‘zbekistonga safarini Farg‘ona turfirmalari orqali tashkil etish kabi o‘ttizga yaqin loyihalar borasida shartnomalar, anglashuv memorandumlari imzolandi.
2018-yilning mart-may oylarida Latviya hukumati a’zolari, yirik korporatsiya va kompaniyalar rahbarlari hamda tadbirkorlarining bir necha guruhlari Farg‘ona viloyatiga kelishi kutilmoqda.
Izoh (0)