Odessa viloyatining sobiq gubernatori Mixail Saakashvili tergov tadbirlarini o‘tkazish uchun Ukrainaga qaytishga tayyor ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda u Facebook’dagi sahifasida xabar qildi.
“Dastlab barcha sud jarayonlaridan o‘tishga tayyor ekanligimga qaramasdan, kuch ishlatib Ukrainadan olib chiqishdi, endi esa niderlandiyaliklardan tergov harakatlarini o‘tkazishni so‘rashmoqda. Yoki Lutsenko (Ukraina bosh prokurori) va prezidentning (Pyotr Poroshenko) haqiqatan ham aqli zaif, yoki nafaqat ukrainaliklar, balki yevropaliklarni ham axmoq deb hisoblashayapti”, — deya izohladi u, bosh prokuratura tomonidan Saakashvilining ovoz namunasi so‘ralganida.
“Ukrainaga qaytib, barcha tergov harakatlaridan o‘tishga tayyorman”, — deb yozdi u.
Izoh (0)