Professional boksda mag‘lubiyatsiz davom etayotgan o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalaridan Fazliddin G‘oibnazarov va Shohjahon Ergashevning navbatdagi jang sanalari ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Olamsport” nashri xabar berdi.
23-fevral kuni Moskva orqali AQShga yetib kelgan Shohjahon Ergashev 28-aprel kuni ringga ko‘tariladi. Bunda bokschiga kim raqiblik qilishi mumkinligi hozircha aniq emas. Avvalroq Ergashevning o‘zi reytingda birinchi bo‘lib turgan bokschiga qarshi ringga chiqishga tayyor ekani haqida aytgandi.
Shohjahon Ergashev: Men reytingda peshqadam bo‘lib turgan bokschiga qarshi ringga chiqishga tayyorman
Shohjahon prof boksda 12 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, ularning barchasida raqiblarini nokaut qilishga erishgan.
G‘oibnazarov professional boksdagi avvalgi uch jangida raqiblarini yengishga muvaffaq bo‘lgandi.
Izoh (0)