18—22-fevral kunlari Farg‘ona shahrida O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumatlari delegatsiyalari ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Muzokaralar davomida O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegarasining qolgan uchastkalari o‘tish chizig‘i loyihasi yuzasidan takliflar muhokama qilindi.
Uchrashuv do‘stlik va yaqin qo‘shnichilik ruhida o‘tdi.
Izoh (0)