• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12672.81
    • RUB158.89
    • EUR14753.69
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning O‘zbekistonga qisqa muddatga qaytishi bilan bog‘liq xotiralar yodga olindi

    “Daryo” muxbiri Muhammadjon Obidov shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning O‘zbekistonga onalari qabrini ziyorat etish uchun bir haftaga kelishi bilan bog‘liq xotiralarni yodga oldi.

    Foto: “Azon.uz”

    Foto: “Azon.uz”

    Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining muborak nomlari yana dillardan tillarga ko‘chdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev buyuk alloma ruhiga ko‘rsatayotgan yuksak ehtiromdan qalbimiz hayajonda. Qani endi shunday izzat-ikrom barhayot chog‘larida bo‘lganida edi...

    Hazrat vafot etgan kunlari barcha vatandoshlar kabi men ham iztirobda qoldim va ikkimiz uchun ham g‘oyat noqulay, ammo mas’uliyatli uchrashuv haqida kichik xotira yozgandim. Bugun uni siz bilan baham ko‘rgim keldi.

    O‘rta Osiyo va Qozog‘iston diniy idorasi muftiysi, men tanigan, bilgan insonlar ichidagi dunyoviy va islomiy ilmni mukammal egallagan ul zoti sharif bilan xizmat taqozosi yuzasidan bir necha bor uchrashgandim. Mustaqillikka erishilganida barchadan ko‘p quvonganlardan biri ham shu inson bo‘ldi. Taqdir ekan, bir vaqtlar kelib vatandan chiqib ketdilar.

    Oradan bir necha yil o‘tib, shayx janoblarining volidalari bandalikni bajo keltirdi. Eshitishimizcha, Osiyo mamlakatlaridan birida istiqomat qilib turgan shayx davlat rahbariyatidan izn olib, ona qabrini ziyorat qilishga keladi. O‘shanda men O‘zbekiston televideniyesi “Axborot” direksiyasining Farg‘ona vodiysidagi maxsus muxbiri bo‘lib ishlardim. Bu xabarni eshitgach, alloma ziyoratiga bormoqchi bo‘lib turgan edim, “Axborot” rahbari qo‘ng‘iroq qilib, Andijonga, Xo‘jaobodga borishim, Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf bilan uchrashib, intervyu olish imkonini topishimni buyurdi. Men darhol Xo‘jaobodga, hazratning ota-onalari yashaydigan qishloqqa yo‘l oldim.

    Katta yo‘ldan o‘ngga burilib qishloqqa kirib borar ekanman, har tarafdan bir ko‘cha tomon keksa-yosh oqib ketayotganini ko‘rdim. Hali manzilgacha chamasi biror chaqirim bo‘lsa-da, mashinalar zichlashib, tirbandlik yuzaga keldi. Tasvirchi Shuhratjon Mirzakarimovni shu yerda qoldirib, odamlar oqimiga qo‘shildim. Mana, nihoyat xonadonga yaqinlashdik. Qo‘shtabaqali eshikdan kiruvchilar ham, chiquvchilar ham nazarimda birdek edi. Navbat bilan asta-sekin men ham ostona xatlab ichkari kirdim. Hovli to‘la odam. Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hamma bilan bir-bir quchoq ochib salomlashar, qadrdonlari kelganida bir daqiqa bo‘lsa ham hol-ahvol so‘rardi. Keksalar, asl shogirdlar ko‘zlarida yosh, hazratni quchoqdan qo‘yib yuborgisi kelmasdi.

    Qatorda kelyapman-u, ichimdagi hayajonni bosa olmasdim. Meni tanirmikanlar? Gapni nimadan boshlayman? Azador allomaga topshiriq haqida qanday gapiraman? Harchand o‘ylamay, bironta ham savolga javob topa olmasdim.

    Mana nihoyat oldimda borayotgan qariyani bag‘riga bosgan hazratning ko‘zlari menga tushdi. Nazarimda, menga qarab quyuq qoshlarini chimirib qo‘ygandek bo‘ldilar.

    — Assalomu alaykum, Vatanga xush kelibsiz, hazrat.— E-e, Muhammadjon janoblari, sog‘-omonmilar, — mahkam quchoqladi baquvvat qo‘llar.

    — Olloh sabr bersin, o‘tganlarni rahmatiga olsin.— Rahmat, rahmat, — quchog‘idan bo‘shatib, ikki yelkamdan ushladilar. — Ollohning irodasi, nima ham qila olardik.

    Men odob bilan o‘zimni chetga oldim. Darvozaning o‘ng tomonida chog‘roq ayvon bor edi. Shu yerga kelib safga qo‘shildim. Hazrat turgan yerlarida esa yana necha odam ularni ziyorat qildi, hisoblab bo‘lmasdi. Hovli to‘lganida ziyoratchilar to‘xtatilib, ulamolardan biri Qur’on tilovat qilar, shundan so‘ng ichkaridagilar tashqariga, tashqaridagilar ichkariga tomon intilardi.

    Chamasi, yigirma daqiqalardan so‘ng o‘qilgan Qur’onga fotiha tortilgach Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari eshik oldida kirish-chiqishni tashkillab turgan kishiga qarata qo‘llarini ko‘tardilar va “Bir nafas to‘xtab turaylik”, dedilar-da, menga qarab kela boshladilar. Men ham hazrat tomon ildam yurdim. To‘qnashdik. Ular qo‘ltig‘imdan olib qulog‘imga shivirladilar:

    — Menga nima xizmat bor?

    Azoyi-badanim olov bo‘lib yonib ketdi. Vazifa haqida qay til bilan aytay?

    — Hech, — dedim titroq ovozda. — Sizni ziyorat qilgani kelganmiz, xolos...

    — Taqsir, vaqt g‘animat. Aytavering. Men sezib turibman, sizni tushunaman.

    Qarasam, darhaqiqat gapni paysalga solib bo‘lmaydi. Shunda ham o‘zimdan qilib aytdim:

    — Hech qanday xizmat yo‘q, lekin har ehtimolga qarshi tasvirchimni ham olib kelgandim.

    — Sizlar mana bu xonaga kirib o‘tirib turinglar, o‘n-o‘n besh daqiqada kiraman, — dedi hazrat ayvonga tutashgan xonani ko‘rsatib va boyagi eshikbonga “ruxsat” degandek ishora qildilar. Yana odamlar oqimi kirib kela boshladi.

    Mashina boya aytganimdek, ancha olisda edi. Tasvirchini olib kelguncha qora terga botdim. Qolaversa, videokamera ko‘tarib kelayotganimizni ko‘rgan odamlarning biri hayron bo‘lsa, boshqasining yuzida zaharxandalikni tuyush mumkin edi.

    Biz aytilgan xonada uzoq kutmadik. Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf kira solib, “men tayyorman”, dedilar. Tasvirchi bizni deraza yoniga turg‘azdi. Yorug‘likni mosladi.—Avvalo ta’ziyamizni qabul qilsangiz. Hech bir insonga abadiy umr berilmagan. Hammasi yaratgandan. Toshkentdan Andijonga mashinada kelibsiz...

    Suhbatdoshim nima demoqchi ekanimni fahmlab turardi, shuning uchunmi, so‘zimni bo‘lib gapira ketdi. Hazrat samolyotdan tushib, bir muddat poytaxtni aylanganini, u yerdagi ulkan qurilishlar, yangi-yangi inshootlar, keng ko‘chalar, obodonchilikdan xursand bo‘lgani, ayniqsa, odamlar kayfiyati chog‘, yuzlari nurli, ko‘zlarida kelajakka ishonchni his qilganlarini, bunday farovonlik, yurt osmoni tinchligi, iqtisodi barqarorligi, davlat rahbari — yurtboshining oqil, adolatli siyosati natijasi ekanini zavqlanib so‘zladilar. Shahar-qishloqlarda yuzlab masjidlar ochilib, hojilar safi yildan-yilga kengayotganidan taskin izhor qildilar. Islom olamining buyuk namoyandalari yotgan joylar mukammal ziyoratgohga aylanganini eshitganliklari, shu kunlarda ularning har biriga borib, poyida Yaratganga shukronalar aytmoqchi ekanliklarini bildirdilar.

    Olti–yetti daqiqalik suhbat shu qadar mukammal jumlalar, faxrga to‘la iboralarga qurilgan edi-ki, undan bir so‘z olib tashlab bo‘lmasdi.

    Men hazratga minnatdorchilik bildirdim.

    — Nasib qilsa yana uchrasharmiz, — dedilar bizni kuzatgan bo‘lib.

    O‘sha yillar televizion texnika hozirgidek rivoj topmagan, suhbatni Andijonda montaj qilib, efir orqali Toshkentga uzata olmas edim. Mashinamiz o‘qdek uchib Toshkentga yetib keldi. Suhbat ko‘rib chiqildi va shu kuniyoq “Axborot”ning kechki dasturida bir oz qisqartish bilan namoyish qilindi. Men yosh bolalardek shod, tetikman. Andijondagi ruhiy bosim, yo‘l charchog‘idan asar ham qolmagan. Go‘yo, dunyoda mendan baxtiyorroq inson yo‘qdek edi o‘sha daqiqalarda.

    Yillar o‘tib hazrat Vatanga butkul qaytdilar. Menga ulug‘ zotning suhbatlarida bo‘lish bir necha bor nasib etdi. Bu uchrashuvlarning har biri men uchun bitmas-tuganmas hayotiy saboq bo‘lib qoldi.

    23.02.2018, 11:10   Izoh (0)   35126
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentning Sayram ko‘chasida qurilishi to‘xtab, 25 yildan buyon qarovsiz yotgan obyekt (foto)

    23.02.2018, 11:05

    Nurotada 71 fuqaroning ichimlik suvi uchun to‘langan mablag‘ini o‘zlashtirgan nazoratchi qo‘lga olindi

    23.02.2018, 10:29

    Rossiyada o‘zbekistonlik marshrutka haydovchisini yo‘lovchi kaltaklab o‘ldirdi

    23.02.2018, 10:22

    Abdurashid Isroilov “Asaka” banki raisi o‘rinbosari etib tayinlandi

    23.02.2018, 10:13

    Putin O‘zbekiston va yana 9 mamlakat mudofaa vazirlari bilan uchrashdi

    23.02.2018, 10:03

    Sergey Lavrov Abdulaziz Komilov bilan Markaziy Osiyodagi vaziyatni muhokama qiladi

    23.02.2018, 10:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda tuman va shaharlar iqtisodiy o‘sishga turtki beruvchi loyihalarni amalga oshirish tartibi tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 13:02

    Toshkent viloyatida pora olgan MIB xodimi 6 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 12:37

    Iroqda 600 dan ortiq ziyoratchi xlor gazidan zaharlandi (video)

    Dunyo | 11 avgust, 12:28

    Charlz Oliveyra: “Yarador sher — baribir sherligicha qoladi”

    Sport | 11 avgust, 12:23

    Garvard olimlari Alsgeymer kasalligiga davo topdi va xotirani tiklash usulini aniqladi

    Ilm-fan | 11 avgust, 12:14

    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil

    Reklama | 11 avgust, 10:30

    O‘zbekiston va Qirg‘iziston Qozog‘istonga 600 mln kub metr suv yetkazadi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 11:57

    O‘zbekistonda haftaning ikkinchi yarmida havo harorati 34 darajagacha tushadi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 11:27
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.