Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida yo‘nalishli taksi haydovchisi yo‘lovchi bilan mushlashuv oqibatida halok bo‘ldi, deb yozadi “Interfaks”.
Nashr manbasiga ko‘ra, 21-fevral, chorshanba kuni kechki payt Lenin shoh ko‘chasidagi 73-uydan yo‘nalishli taksi haydovchisi — 1968-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi kasalxonaga olib ketilgan. Guvohning so‘zlariga ko‘ra, u yo‘lovchi bilan mushtlashuvga aylangan janjal oqibatida qattiq kaltaklangan.
22-fevral kuni ertalab erkak kasalxonada vafot etgan. “Jabrlanuvchining o‘limiga olib kelgan, salomatlikka qasddan og‘ir zarar yetkazish” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergovchilar gumonlanuvchini qidirmoqda.
Izoh (0)