Keniya poytaxti xalqaro aeroportida Tanzaniyadan Birlashgan Arab Amirliklariga 32 kilogramm oltin olib chiqib ketishga uringan erkak qo‘lga olindi. Bu haqda Kenya’s Standard Media xabar berdi.
100 million shillinglik (million dollar atrofida) qimmatbaho toshni olib chiqib ketayotgan 46 yoshli tanzaniyalik 16-fevral kuni qo‘lga olingan. U razvedka ma’lumotlari asosida qo‘lga olingan.
Gumonlanuvchi Tanzaniyaning Mvanza shahridan Dubayga yetib olishga uringan. Surishtiruv olib borilmoqda, oltin musodara qilinib, Keniya chegara xizmatida saqlanmoqda.
Izoh (0)