Ekvadorda R44 vertolyoti okeanga qulab tushdi. Hodisa oqibatida vertolyot bortida bo‘lgan uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda El Diario nashri ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Hodisa Ekvadorning Manabi provinsiyasida joylashgan San-Mateo plyaji yaqinida yuz berdi.
Ekvador qutqaruv xizmatining ma’lum qilishicha, halokat haqidagi signalni olishi bilan qutqaruvchilar, politsiya va harbiy-havo kuchlari vakillari hodisa joyiga yo‘l olgan.
Mamlakat fuqarolik aviatsiyasi bosh boshqarmasi halokat sabablarini aniqlash yuzasidan surishtiruv boshladi.
Izoh (0)