Braziliyaning sobiq prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva 20-fevral kuni sud unga nisbatan korrupsiya ishi bo‘yicha chiqargan ayblov hukmi ustidan shikoyat berdi. Bu haqda sobiq davlat rahbari himoyachisi xabariga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Apellyatsiya mazmuni sud qarorida sud jarayoni va himoya tomonidan eslatib o‘tilgan elementlarga dahldor 38 ta unutib qoldirish borligini ko‘rsatadi. Shuningdek, qarorda qo‘llanilayotgan atamalarda 16 ta qarama-qarshilik va beshta tushunarsiz holat mavjud. Himoya ushbu kamchiliklarni tuzatish bilan 24-yanvar kuni chiqarilgan qarorni o‘zgatirish va butun sud jarayonini bekor qilish yoki Lula da Silvani aybsiz deb topish iltimosi bilan murojaat qilmoqda”, — deyiladi sobiq prezident manfaatlarini ifodalovchi sakkiz advokat imzolagan bayonotda.
Gap Lula da Silvaning himoyasi ikkinchi instansiya sudida berishi mumkin bo‘lgan oxirgi apellyatsiya haqida bormoqda.
Izoh (0)