Angliya Kubogining chorak finaliga yo‘llanma olgan oltinchi jamoa nomi ham aniq bo‘ldi. Bu “Manchester Siti” emas.
Xosep Gvardiola shogirdlari bu yo‘lda “Uigan” bilan to‘qnash keldi. “Shaharliklar” quyi liga klubini osongina taslim etishi kutilgandi. Biroq bitta taymni bir kishi kam o‘tkazishga majbur bo‘lgan “Siti” taqdirga tan berdi.
Mavsum boshidan buyon “Manchester Siti” 4 ta frontda kurash olib borayotgandi: APL, Liga Kubogi, Angliya Kubogi va Chempionlar Ligasi. Endi shulardan 1 tasi bu mavsum hisobidan sarobga aylandi.
Bungacha “Chelsi”, “Sautgempton”, “Brayton”, “Lester” va “Manchester Yunayted” klublari chorak final masalasini ijobiy hal qilgan bo‘lsa, “Tottenhem” hamda “Suonsi” takroriy o‘yinlarga qolib ketgandi. Mazkur ikki klub chorak final masalasini 27—28-fevral kunlari hal qilishga urinib ko‘radi.
Izoh (0)