Shu yil mart oyining birinchi yarmida Dushanbe shahrida O‘zbekiston va Tojikiston tadbirkorlari forumi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda, Tojikiston matbuotiga asoslanib, EADaily xabar bermoqda.
Forumda ikki tomondan yirik biznes vakillari ishtirok etishi va ko‘plab shartnomalar tuzilishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, mart oyining birinchi dekadasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga davlat tashrifi bilan borishi kutilmoqda.
Izoh (0)