Florida shtatining Parklend o‘rta maktabi o‘quvchilari qotilligi quroli mahalliy yarmarkada bestsellerga aylandi. Bu haqda New York Post xabar berdi.
Yarmarka Parklenddan bir soatlik masofada joylashgan Xollivud shahrida bo‘lib o‘tdi. Maktab o‘quvchilariga qarata o‘t ochgan Nikolas Kruz foydalangan yarimavtomat vintovka AR-15 savdolar favoriti bo‘ldi.
“Qurolni sotmaslik bilan biror narsani o‘zgartirish mumkinmi? — deydi AR-15 sotuvchilaridan biri. — Agar u pichoq bilan hujum qilganda, siz pichoqlarni nazorat qilar edingizmi yoki bu ishni qilgan odamnimi?”
“Biror bir qonun yuz bergan hodisaning oldini olishi mumkin edi deb o‘ylamayman, — deydi xaridorlardan biri, — maxsus xizmatlar o‘z ishini bajarmayapti degan fikrdaman”.
Izoh (0)