Niderlandiyada yer juda qimmat va unda katta quyosh fermasini qurish qimmatga tushadi. Shuning uchun niderlandiyaliklar keyingi uch yil mobaynida quyosh fermasini okeanda barpo etishni rejalashtirmoqda, deb yozadi “Hi-Tech.mail.ru”.
Loyiha Gaaga sohillaridan 10 kilometr masofada maydoni 30 kvadrat metr bo‘lgan quyosh fermasini sinov tariqasida ishga tushirishdan boshlanadi. Ferma hozirda mavjud ikki shamol tegirmoni o‘rtasida joylashadi va buning uchun hech qanday qo‘shimcha infratuzilma talab etilmaydi.
Barchasi ko‘ngildagidek o‘tsa, ya’ni panellar bardosh berib, elektr ancha arzon bo‘lsa, ferma to‘liq o‘lcham — 2 500 kvadrat metrgacha kengaytiriladi. Loyihachilar 2021-yilgacha mazkur ko‘rsatkichga erishishga umid qilmoqda.
Dengiz quyosh fermalari nafaqat yer masalasida arzon, balki quyosh nurini ham ko‘proq qabul qiladi. Agar niderlandiyaliklar loyihani amalga oshirsa, bu ochiq dengizda barpo etilgan birinchi quyosh fermasi bo‘ladi.
Izoh (0)