Toshkentda talonchilik jinoyatini sodir etgan er-xotin qo‘lga olindi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
1-fevral kuni Toshkent shahrining Mirobod tumanida noma’lum shaxs Qo‘yliq dahasida yashovchi M. Qayumovaning uyiga kirib, xonasidan puli, zargarlik buyumlari, erkaklar qo‘l soati, kompyuter va noutbuklarini o‘g‘irlab ketgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida jinoyatni Shayxontohur tumani Shayx Zayniddin ko‘chasi 114-uyda yashovchi, 1987-yilda tug‘ilgan R. Kasimov va birga yashovchi turmush o‘rtog‘i, xususiy tadbirkor, 1986-yilda tug‘ilgan Z. Kasimova sodir etganliki aniqlangan. Ular qo‘lga olingan.
Izoh (0)