The Daily Mail nashri o‘zini “vaqtlararo sayohatchi” deb atovchi erkak tomonidan taqdim etilgan “2118-yildagi binolar” tasvirlangan suratlarga e’tibor qaratdi.

Kadr: YouTube

Rolikda Aleksandr Smit ismli erkak MRBning qandaydir maxfiy loyihasida ishtirok etganini va hozirda hayoti xavf ostida ekanligini ta’kidlaydi. “MRB meni qidirmoqda, men yashirinib yurishga majburman”,—deydi Smit. Rolik muallifining so‘zlariga ko‘ra, u 1981-yildan 2118-yilga vaqtlararo sayohat qilgan va ortga qaytgan.

Shundan so‘ng u noodatiy ko‘rinishga ega bir nechta baland binolarning suratlarini namoyish etadi. Ushbu suratlar aynan qayerda olinganiga u aniqlik kiritmagan. Smitning aytishicha, “XXI asr o‘rtalarida Yerga aqlli o‘zga sayyoraliklar keladi”.

Kadr: YouTube