“O‘zto‘qimachiliksanoat” assotsiatsiyasida Vengriyaning O‘zbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi janob Peter Santo va Assotsiatsiya rahbariyati o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi, deb yozadi UzDaily.
Tomonlar mahalliy ishlab chiqaruvchilarning yuqori sifatli to‘qimachilik mahsulotlarini Vengriya bozoriga yetkazish yo‘li bilan to‘qimachilik va tikuvchilik-trikotaj sohalaridagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildi.
Tomonlar o‘zaro savdo sohasidagi ishga solinmagan imkoniyatlarni ta’kidlab o‘tdi. 2017-yilda to‘qimachilik sohasi mahsulotlarining Vengriyaga eksporti 33,8 ming dollarni tashkil etdi.
O‘zbek tomoni soha rivojlanishining joriy holati haqidagi ma’lumotni taqdim etdi hamda investitsiya, fan va ta’lim sohalarida hamkorlik o‘rnatishni taklif etildi.
Izoh (0)