“Do‘stlar” serialidagi Reychel Grin roli bilan tanilgan amerikalik aktrisa Jennifer Eniston va uning turmush o‘rtog‘i, aktyor va ssenarist Jastin Teru ajrashishi haqida ma’lum qildi. Bu haqda 15-fevral kuni TMZ portali ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Foto: AP

“Biz yo‘llari ayro tushishi lozim bo‘lgan eng yaxshi do‘stlarmiz. Avaylab saqlab kelinayotgan do‘stligimizni davom ettirishni istaymiz”, — deydi aktyorlar o‘z bayonotida. Nashrning ma’lum qilishicha, er-xotin 2017-yil oxirida ajrashish haqidagi qarorga kelgan.

Aktyorlar 2012-yilda unashtirilgan, 2015-yilda nikohdan o‘tgan edi.