XXRda odamning H7N4 parranda grippi virusini yuqtirishi bilan bog‘liq birinchi holat aniqlandi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash tizimiga tayanib South China Morning Post gazetasi xabar berdi, deb yozadi “RBK”.
Virusni Szyansu provinsiyasida yashovchi 68 yoshli ayol yuqtirgan. Unda kasallik belgilari 2017-yilning 25-dekabrida paydo bo‘lgan. U 1-yanvar kuni shifoxonaga yotqizilgan, uch haftadan so‘ng u yerdan chiqqan. Ayol yaqinidagi kishilardan hech kim kasallikni yuqtirmagan.
Xitoy rasmiylari aholini tirik uy parrandalarini xarid qilmaslik va boshqa qushlarga teginmaslikka chaqirdi.
Izoh (0)