Qarshining “Nasaf” klubi bugun — 13-fevral sanasida Chempionlar Ligasi guruh bosqichini boshlaydi. Uning ilk raqibi Tehronning “Persipolis” klubi bo‘ladi.
“Persipolis” Eron chempionatining 23-turidan so‘ng 54 ochko bilan yaqqol peshqadam bo‘lib turibdi. U eng yaqin ta’qibchisi bo‘lgan “Zob Ohan” klubidan 16 ochko ilgarilab ketgani e’tiborga molik. 23 tur davomida tehronliklar faqatgina 1 ta bellashuvda mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan, yana 16 tasida raqiblarini taslim qilishga erishgan.
“Nasaf” Chempionlar Ligasining guruh bosqichiga pley-off orqali yo‘l olgandi. 30-yanvar kuni Qarshida Iordaniyaning “Al-Faysaliy” klubini qabul qilgan Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari 5:1 hisobida muvaffaqiyat qozondi. Endi “Nasaf” guruh bosqichida “Persipolis”dan tashqari Qatarning “As-Sadd” hamda Amirliklarning “Al-Vasl” klublariga qarshi kurash olib boradi.
Izoh (0)