Toshkentning “Lokomotiv” futbol klubi Chempionlar Ligasining ilk turida yirik g‘alabaga erishdi. Amirlik chempionatida 2-o‘rinni egallab turgan “Al-Vahda”ni qabul qilgan “temiryo‘lchilar” 5:0 hisobida zafar quchdi.
Yangi mavsum avvalida tarkibga olib kelingan braziliyalik hujumchi Nivaldo uchrashuvda hisobni ochgan bo‘lsa, keyinroq Ikrom Aliboyev 1-turning eng chiroyli gollaridan biriga mualliflik qildi. Uchinchi aniq zarba avtogol samarasi bo‘lsa, Amirlik chempionatidan qaytib kelgan Sardor Rashidov ham debyut o‘yinida “Lokomotiv” uchun gol urishga erishdi. Oxirida Aliboyev dublini rasmiylashtirdi.
“Lokomotiv” yarim himoyachisi Ikrom Aliboyev Chempionlar Ligasida maydon markazidan gol urdi (video)
Mazkur guruhda Qatarning “Al-Duhayl” hamda Eronning “Zob Ohan” klublari ham bor. Bugun — 12-fevral kuni ular ham o‘zaro saf tortadi.“Lokomotiv”ning Chempionlar Ligasidagi eng yaxshi natijasi chorak final bo‘lib, “temiryo‘lchilar” bunga 2016-yilgi mavsumda erishgandi.
“Temiryo‘lchilar” bunga qadar ham Chempionlar Ligasida 5 ta gol farqi bilan zafar quchishga erishgan. 2015-yilgi mavsum “Lokomotiv” stadionida Qatarning “As-Sadd” klubi 5:0 hisobida mahf etilgandi.
“Lokomotiv” — “Al-Vahda” (BAA) 5:0
Gollar: Nivaldo, 25 (1:0). Ikrom Aliboyev, 53 (2:0). Salim Sulton Ash-Sharjiy, 55-avt (3:0). Sardor Rashidov, 58 (4:0). Ikrom Aliboyev, 90 (5:0).“Lokomotiv”: Ignatiy Nesterov — Shuhrat Muhammadiyev, Kaxi Maxaradze, Islom To‘xtaxo‘jayev, Oleg Zoteyev, Sadriddin Abdullayev, Ikrom Aliboyev, Marat Bikmayev, Sanjar Shoahmedov (Igor Yelich, 77), Sardor Mirzayev (Sherzod Karimov, 82), Nivaldo (Sardor Rashidov, 36).
Izoh (0)