Joriy yilning 25-yanvaridan 25-fevraliga qadar Xorazm viloyatida harakat xavfsizligi oyligi o‘tkazilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Foto: O‘zA

Shu munosabat bilan mahallalar, ta’lim muassasalari va korxona-tashkilotlarda targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Transport va piyodalar, jumladan, bolalar harakati serqatnov yo‘llar va joylarni belgilash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Foto: O‘zA

Yo‘l-patrul xizmati inspektorlari maxsus reydlar, tekshiruvlar davomida asosan xavfsizlik kamaridan foydalanmaslik, harakat paytida mobil telefonda gaplashish bilan bog‘liq ko‘plab qoidabuzarliklarni aniqlamoqda.

Foto: O‘zA