NASA mutaxassislari Vashington universiteti olimlari bilan hamkorlikda uglevodorodli suvlarni tadqiq qilish uchun suvosti kemasi yaratish ustida ish olib bormoqda. Yaqin 20 yil ichida suvosti kemasi Saturnning yo‘ldoshiga uchirilishi mumkin. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Foto: “Korrespondent.net”

Tadqiqotchilar kriogen laboratoriyasi yordamida Titandagi sharoitlarni yaratgan. Sinovlar jarayonida kameraga tarkibida metan va etan bo‘lgan suyuqlik aralashmasi qo‘shilgan. Bu aralashmaga qizituvchi kartrij tushirilgan. Kartrij suvosti kemasidan chiqadigan issiqlikning gidrodinamik xususiyatlarga qanday ta’sir qilishini tushunishga yordam berishi kerak bo‘lgan.

Shuningdek, olimlar maxsus videokamera va optik uskuna ham yaratgan. Optik qurilma past harorat va yuqori bosimda ishlay oladi.