Futzal bo‘yicha Osiyo Chempionatining hal qiluvchi o‘yinida Eron va Yaponiya terma jamoalari kurash olib boradigan bo‘ldi.

Foto: OFK

Yarim finalning ikkinchi o‘yinida O‘zbekiston terma jamoasiga qarshi zalga chiqqan forslar 7:1 hisobida zafar quchdi va finalga yo‘llanma oldi. Avvalroq yaponiyalik futzalchilar Iroq ustidan 3:0 hisobida zafar quchgandi.

Futzal. Yaponiya Osiyo Chempionatining ilk finalchisiga aylandi

11-fevral kuni Toshkent vaqti bilan 13:00 da O‘zbekiston va Iroq terma jamoalari 3-o‘rin sohibini aniqlab berish uchun zalga chiqadi. Eron va Yaponiya o‘rtasidagi final esa 16:00 da start oladi.

Osiyo Chempionati

Yarim final

9-fevral, juma

Eron — O‘zbekiston 7:1

Gollar: Javod, 3 (1:0). Hasanzoda, 4 (2:0). Toyibiy, 11 (3:0). Javod, 16 (4:0). Javod, 17 (5:0). Hasanzoda, 31 (6:0). Toyibiy, 36 (7:0). Anasxon Rahmatov, 40 (7:1).

Osiyo Chempionati bunga qadar 14 bor o‘tkazilgan bo‘lib, shularning 11 tasida Eron va 3 tasida Yaponiya g‘oliblikka erishgan. Kunchiqar yurt termasi finallarda O‘zbekiston, Tailand va Eron ustidan g‘olib kelgan. O‘z navbatida forslar finalda Yaponiya ustidan 5 marta zafar quchgan.

O‘zbekiston termasi finalda 4 marta o‘ynagan va barchasida imkoniyatni boy bergan. 3-o‘rin uchun bellashuvlarda ham o‘zbekistonlik futzalchilar 4 marta chiqish qilgan. Shularning 3 tasida raqiblar taslim etilgan.