Xitoy Taypeyi mezbonlik qilayotgan futzal bo‘yicha Osiyo Chempionatida finalning birinchi ishtirokchisi Yaponiya bo‘ldi.

Foto: OFK

Yarim finalda Iroq bilan to‘qnash kelgan kunchiqar yurt termasi 3:0 hisobida zafar quchdi. Bungacha yaponiyaliklar guruh bosqichidagi 3 ta va chorak finaldagi o‘yinda g‘olib chiqqandi. Mag‘lub etilganlar orasida O‘zbekiston ham bor — 4:2.

Osiyo Chempionati

Yarim final

9-fevral, juma

Yaponiya — Iroq 3:0

Gollar: Kaoru Morioka, 1 (1:0). Ryosuke Nishitani, 6 (2:0). Yuki Murota, 19 (3:0).

Foto: OFK

Foto: OFK

Osiyo Chempionati shu kunga qadar 14 bor o‘tkazilgan bo‘lib, shularning 3 tasida Yaponiya termasi zafar quchishga erishgan. Qolgan 11 ta finalda Eron g‘alaba qozongan.